Qisqichbaqa tayoqchalari bilan tezkor pirojkalar
40 мин
Protein miqdori yuqori
Tarkibida yog'i kam
Kutilmagan mehmonlaringiz bormi va ovqat tayyorlash uchun vaqtingiz kammi? Biz bundan chiqib ketish yo'lini taklif qilamiz - qisqichbaqa tayoqchalari bilan mazali va tezkor piroglar. Mehmonlar katta taassurot oladilar, siz esa muvaffaqiyatdan xursand bo'lasiz!
Sizga kerak bo'ladi
- VIČI qisqichbaqa tayoqchalari
- Qatlamali xamir
- 1 tuxum
- Mayonez
- 50 g donador tvorog
- 2 palla sarimsoq
- Ukrop, tuz va murch
Tayyorlash
1
Qisqichbaqa tayoqchalari, ukrop va sarimsoqni to'g'rang.
2
Idishga maydalangan qisqichbaqa tayoqchalari, tvorog, ukprp, sarimsoq va mayonez soling.
3
Tuz, murch sepib yaxshilab aralashtiring.
4
Qatlamali xamir varag'ini ikkiga bo'ling.
5
Tayyorlangan masaliiqlarni qatlamali xamir varag'ini o'rtasiga qo'ying.
6
Xamirni yarmiga taxlang va chetlarini vilka bilan siqing .
7
Tayyor pirojkalarga tuxum surting va pechda 180 ° da taxminan 30 daqiqa davomida pishiring.