Baliq filesidan Burger
30 мин
Omega-3
Sizga kerak bo'ladi
- Baliq filesi bo'laklaridan sevimli mahsulot VIČI
- 2 ta pomidor
- Sevimli salat
- Pishloq bo'laklari
- Sevimli bulochkalar
- Oq yoki qizil vino sirkasi
- Karri
- Mayonez
- Tuz va murch.
Tayyorlash
1
Duxovkani190-200 darajaga qadar qizdiring.
2
Baliq filesi bo'laklarini pishirish uchun qog'ozga qo'ying va pechda taxminan 20 daqiqa davomida pishiring.
3
Baliq pishayotganda, pomidorni tilim qilib kesing va o'zingiz tanlagan salatni tayyorlang.
4
Sous uchun mayonez, sirka, karri, tuz va murch qo'shing. Siz xohlagan lazzatni olmaguningizcha barcha masalliqlardan oz-oz miqdorda qo'shing.
5
Bulochkani kesib oling va duxovkada qarsildoq po'stni olguncha qizdiring.
6
Pishloq bo'laklarini baliq filesi bo'laklari ustiga qo'ying. Pishloq erimaguncha duxovkada qizdiriladi.
7
Sousni issiq bulochka ustiga surting, salat bargi, baliq filesi, pomidor qo'ying. Ikkinchi bulochka bilan yoping.